Barcha yangiliklar
Mehnat mahallasida ijtimoiy obyektlar holati deputat nazoratida
Gallery image 105938
Gallery image 105939
Gallery image 105940
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
25 Mar 2026
12:32

Mehnat mahallasida ijtimoiy obyektlar holati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati J.Ochilov tomonidan Mehnat mahallasida joylashgan ijtimoiy obyektlarning bugungi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi 65 hamda 49 DMMT, hududdagi ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarning faoliyati, moddiy-texnik bazasi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Deputat fuqarolar bilan muloqot o‘tkazib, ularning ijtimoiy obyektlar faoliyati yuzasidan fikr va takliflarini tingladi. Bildirilgan murojaatlar asosida muammolarni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

Mazkur o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.