Barcha yangiliklar
Go‘zalkentda ta’lim maskaniga e’tibor: kutubxona faoliyati o‘rganildi
Gallery image 105925
Gallery image 105926
Gallery image 105927
Gallery image 105928
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
25 Mar 2026
12:23

Go‘zalkentda ta’lim maskaniga e’tibor: kutubxona faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova Go‘zalkent mahallasida joylashgan 111-maktab kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida kutubxonaning moddiy-texnik bazasi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda kitob fondining holati ko‘zdan kechirildi.

Muloqot jarayonida ta’lim sifatini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu hududda deputatlik o‘rni ayni paytda vakant bo‘lib, aholi manfaatlarini ifodalash va hudud rivoji uchun mas’ul qilib Kengash kotibiyat muduruga yuklatilgan.