Barcha yangiliklar
29-maktabda ta’lim sharoiti o‘rganildi: muammolar deputat nazoratida
Gallery image 105862
Gallery image 105863
Gallery image 105864
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
25 Mar 2026
11:43

29-maktabda ta’lim sharoiti o‘rganildi: muammolar deputat nazoratida

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Dusmurotov tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini o‘rganish maqsadida tumandagi 29-maktabda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida maktab binosi ta’mirtalab ahvolda ekanligi, o‘quvchilar 1,8 koeffitsiyentda ta’lim olayotgani aniqlandi.Shuningdek, sinfxona yetishmasligi,sport zali, laboratoriya va kutubxona sharoiti talab darajasida emasligi, isitish tizimi, suv va sanitariya holati qoniqarli emasligi kuzatildi.  

 Mazkur holat “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi, 9-moddasi, 34-moddasi talablari to‘liq ta’minlanmayotgani ko‘rsatmoqda.  

 Xususan, 9-moddaga muvofiq, ta’lim muassasada o‘quv jarayoni xavfsiz, sanitariya talablariga javob beradigan hamda yetarli shart-sharoitlarda tashkil etilishi lozim. Amalda esa bu talablar to‘liq bajarilmayotgani ma’lum bo‘ldi. 

 Shu munosabat bilan deputat tomonidan mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.