Barcha yangiliklar
Deputat va mahalla yettiligi
Gallery image 10883
Gallery image 10884
Gallery image 10885
Gallery image 10886
PULATOVA XOLBUNISO IRGASHEVNA
23 May 2024
10:07

Deputat va mahalla yettiligi

 Bugun Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari E.Ergashev, R.Davlyatov, N.Nabiev, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i S.Nuriddinovlar "8 Mart" mahalla aholisi bilan uchrashdilar. Kun tartibida aholi muammolari va "mahalla yettiligi" faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi. Mahalla xodimlari o‘z yo‘nalishlari va zimmalariga yuklangan vazifalar to‘g‘risida hisobot berdilar. Mahalla aholisi "8 Mart", "Iltifot" ko‘chalari yo‘llarini ta’mirlash, ayrim elektr simyog‘ochlarni yangisiga аlmashtirish yuzasidan qilgan murojaatlari hamda tomorqani sug‘orish uchun hashar yo‘li bilan ariqni tartibga keltirish bo‘yicha berilgan takliflar va maktabning hozirgi holatini muhokama qildilar.