Barcha yangiliklar
Mahalla vakillari faoliyati — deputat nazoratida
Gallery image 105704
Gallery image 105705
Gallery image 105706
Gallery image 105707
Gallery image 105708
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
24 Mar 2026
21:59

Mahalla vakillari faoliyati — deputat nazoratida

Mazkur jarayon Kengash kotibiyat xodimlarining deputatlar bilan hamkorlikda ishlash grafigi ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

💬Jumladan:

🔅Mahalla raisi: Hududni rivojlantirish dasturlari ijrosi, “yettilik” tizimini muvofiqlashtirish va aholi murojaatlari bilan ishlash holati;

🔅Xotin-qizlar faoli: Ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, “Ayollar daftari” bilan ishlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda oilalarni mustahkamlash choralari;

🔅Profilaktika inspektori: Hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, “Xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etish va aholi osoyishtaligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

 

“Mahalla vakillarining faoliyati shunchaki hisobotlarda emas, balki aholining ijtimoiy kayfiyatida aks etishi kerak. Har bir yo‘nalish bo‘yicha belgilangan mezonlar mahalla ahlining farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi,” — deb ta’kidladi D.Normuradova.

Tadbir yakunida aniqlangan yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.