Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 105599
Gallery image 105600
Gallery image 105601
Gallery image 105602
Gallery image 105603
Gallery image 105604
Gallery image 105605
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
24 Mar 2026
18:43

DEPUTAT NAZORATI

 Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A.Turdiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputatlari, shuningdek, Qonunchilik palatasi deputati A.Eshboyev hamda Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A.Oripovlar hamkorlikda mahalla hududlaridagi ichki ko‘cha yo‘llarining holatini o‘rganish va ularni yaxshilash yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi. 

Nazorat tadbiri davomida “Xo‘jasoat” mahallasida qabristonga olib boruvchi hamda aholiga xizmat qiluvchi ichki ko‘cha yo‘llarining holati atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi. 

Xususan, mazkur yo‘llarni ta’mirlash va yaxshilash ishlari “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida amalga oshirilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyatiAxborot xizmati