Barcha yangiliklar
Deputat murojaatni joyida o‘rgandi
Gallery image 105539
Gallery image 105540
Gallery image 105541
Gallery image 105542
Gallery image 105543
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
24 Mar 2026
18:05

Deputat murojaatni joyida o‘rgandi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Ermatov tomonidan aholi murojaatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Navbatdagi o‘rganish doirasida deputat Zuhro MFYda kotibiyat mutaxassisi Z.Yakubova hamrohligida fuqarolardan kelib tushgan ariq suvi bilan bog‘liq murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud holat ko‘zdan kechirilib, muammoning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi. Aholi bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

Mazkur masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilish va aniq choralar ko‘rish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolarni joyida hal etish ishlari davom ettiriladi.