Barcha yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Nuriddin Jabborov Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputatlari ishtirokida hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati atroflicha o‘rganildi.
Gallery image 105507
Gallery image 105508
Gallery image 105509
Gallery image 105510
Gallery image 105511
Gallery image 105512
Gallery image 105513
Gallery image 105514
Gallery image 105515
IMOMOV BEHRUZ DILMURODOVICH
24 Mar 2026
17:45

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Nuriddin Jabborov Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputatlari ishtirokida hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Nuriddin Jabborov Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputatlari ishtirokida hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati atroflicha o‘rganildi.

Tashrif davomida ta’lim muassasalari, mahallalarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati joyiga chiqib tahlil qilindi. Xususan, tumandagi 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti, 31-sonli umumta’lim maktabi hamda Bog‘imuso mahalla fuqarolar yig‘inidagi holatlar o‘rganilib, ularning moddiy-texnik bazasi, xizmat ko‘rsatish samaradorligi va mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy obyektlarda yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur o‘rganishlar va muloqotlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Tuman Kengashi deputatlari tomonidan mazkur jarayonlar doimiy nazoratga olinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilishi belgilandi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati