Barcha yangiliklar



ABDUMUMINOVA NAZIRA ABDULLAYEVNA
24 Mar 2026
14:12
Tibbiy xizmat ko‘rsatish holati
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi
deputati M. Bektasheva tomonidan "Madaniyat" MFY aholisiga tibbiy xizmat
ko‘rsatish holati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.
🔍 O‘rganish natijalari yuzasidan Guliston shahar 2-oilaviy poliklinikasida aholiga xizmat ko‘rsatish jarayoni tahlil
qilinganda quyidagilar aniqlandi:
✅Ijobiy natijalar:
- Qabul hajmi: Poliklinika kuniga o‘rtacha 150 nafar fuqaroni
qabul qilmoqda. - Raqamlashtirish: Elektron navbat va onlayn ro‘yxatdan
o‘tish tizimi muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan. - Qulaylik:
Tahlil (analiz) topshirish va javoblarini olish jarayoni soddalashtirilgan. - Ta’minot:
Dori-darmon va imtiyozli toifadagi shaxslarga beriladigan vositalar yetarli
darajada.
⚠️ Hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar:
- 🚑 Kadrlar yetishmovchiligi:
Pediatr, terapevt, kardiolog va okulist kabi mutaxassislarga ehtiyoj bor. - ⚙️ Moddiy-texnik baza: Tibbiy uskunalarni,
xususan EKG qurilmalarini zamonaviylariga almashtirish talab etiladi.
📢 Deputat taklifi: "Madaniyat" MFY aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini tubdan yaxshilash uchun muassasaning moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirish va malakali kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha yuqori tashkilotlarga takliflar kiritildi.
Biz uchun har bir fuqaroning salomatligi
va roziligi ustuvor vazifadir!