Barcha yangiliklar
Beshyog‘och mahallasida xavfsizlik va obodonlashtirish masalalari qat’iy nazoratga olindi
Gallery image 105264
Gallery image 105265
Gallery image 105266
Gallery image 105267
Gallery image 105268
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
24 Mar 2026
10:59

Beshyog‘och mahallasida xavfsizlik va obodonlashtirish masalalari qat’iy nazoratga olindi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Fayzullayeva Malika Yarkunovna tashabbusi bilan Beshyog‘och mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda mahalla raisi Qambarov hamda ichki ishlar organlaridan biriktirilgan mas’ullar ishtirok etib, hududdagi mavjud holatlar tanqidiy ruhda tahlil qilindi.

✔️ Xususan, Beshyog‘och ko‘chasi suv bo‘yi hududida:

— aholi xavfsizligini ta’minlash

— noxush holatlarning oldini olish

— hududni obodonlashtirish va tartibga keltirish

masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

✨ Deputat tomonidan ushbu masala doimiy nazoratga olinib, hududda xavfsiz va obod muhit yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

⬇️ Bu kabi amaliy yondashuvlar mahallada tinchlik, xavfsizlik va farovonlikni ta’minlashga xizmat qiladi.