Barcha yangiliklar
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATI ENDI IJTIMOIY TARMOQLARDA YANADA FAOL YORITILADI
Gallery image 105250
Gallery image 105251
Gallery image 105252
Gallery image 105253
Gallery image 105254
Gallery image 105255
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
18 Mar 2026
10:58

MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATI ENDI IJTIMOIY TARMOQLARDA YANADA FAOL YORITILADI

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi (CADP) viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida “Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida amaliy seminar-trening o‘tkazildi.

⏺Tadbirda viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlar uchun mas’ul mutaxassislar ishtirok etishdi.

💬Seminar markazida quyidagi masalalar turdi:

🔅Kengashlar faoliyatini raqamli makonda xolis va tezkor yoritish;

🔅Deputatlar va aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;

🔅Sessiyalar va doimiy komissiyalar ishini tizimli ko‘rsatib borish.

⏺Trening yakunida deputatlik faoliyatini aholiga yaqinlashtirish, fuqarolar ishonchini mustahkamlash hamda media ishlarini takomillashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar ishlab chiqildi.

✅Ochiqlik va shaffoflik — faoliyatimizning bosh mezoni!