Barcha yangiliklar
Tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining ijrosi
Gallery image 105187
Gallery image 105188
Gallery image 105189
Gallery image 105190
Gallery image 105191
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
19 Mar 2026
08:48

Tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining ijrosi

O‘rganish davomida mahalladagi loyiha quvvati 100 kishini qabul qiladigan hamda 20 dan ortiq fuqaroni ish bilan band qiladigan yangi barpo etilyotgan xizmat ko'rsatish binosining qurilish ishlari holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat mahalladagi tadbirkorlik subyektlari bilan muloqot qilib, yangi ish o‘rinlari yaratish va servis sifatini yaxshilash imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi.

Dastur doirasida belgilangan loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, xizmat ko‘rsatish obektlarining infratuzilmasi va aholi uchun yaratilgan qulayliklar tahlil qilinib, mavjud muammolar nazoratga olindi.

Mahalla hududidagi xizmatlar sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi belgilab olindi.