Barcha yangiliklar
Komissiya faoliyati
Gallery image 105149
Gallery image 105150
Gallery image 105151
Gallery image 105152
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
18 Mar 2026
08:29

Komissiya faoliyati

Yig'ilishni komissiya raisi o'rinbosari R.Xamrayev olib borib, unda mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni atroflicha tahlil qildilar. 

Yig‘ilish davomida kambagʻallik darajasini qisqartirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar ijrosini taʼminlash borasida ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi rahbarining mazkur yoʻnalishdagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti eshitildi.

Muhokamalar yakunida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Biznesga birinchi qadam” dasturlari hamda mikromoliya tashkilotlari orqali kreditlar ajratishni kengaytirish hamda har bir mahalla kesimida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. 

Mutasaddilarga kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini qat’iy nazoratga olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.