Barcha yangiliklar
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Gallery image 105142
Gallery image 105143
Gallery image 105144
Gallery image 105145
Gallery image 105146
Gallery image 105147
Gallery image 105148
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
18 Mar 2026
08:22

Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Tadbirda xalq deputatlari Jarqo'rg'on tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Samanov, kotibiyat mutaxassisi T.Rajabov va viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda ijtimoiy tarmoqlar uchun mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar.

Seminar ishtirokchilari ijtimoiy tarmoqlarda sifatli kontent yaratish va jamoatchilik fikrini tahlil qilish yuzasidan o‘zaro tajriba almashdilar.

Shuningdek, deputatlik faoliyati, sessiyalar va doimiy komissiyalar ishlarini mazmunli hamda tizimli yoritish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ushbu seminar mahalliy Kengashlar faoliyatidagi yopiqlik elementlarini bartaraf etish va ijtimoiy tarmoqlarni chinakam "xalq nazorati" maydoniga aylantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Mazkur trening yakunida mahalliy Kengashlar faoliyatini raqamlashtirish va ijtimoiy tarmoqlarda tizimli yoritish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.