Barcha yangiliklar
Hafatlik ish reja ijrosi
Gallery image 105130
Gallery image 105131
Gallery image 105132
Gallery image 105133
Gallery image 105134
Gallery image 105135
Gallery image 105136
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
17 Mar 2026
08:13

Hafatlik ish reja ijrosi

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi raisi, deputat Xashimova Dilorom Mengliyevna kotibiyat xodimi T.Rajabov bilan birgalikda, o‘z saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida bo‘lib, mahalla “yettiligi” bilan hududni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisining murojaatlari va takliflari birma-bir tinglandi. Ko‘tarilgan har bir muammo deputat tomonidan bevosita o‘rganilib, mahalladagi bolalar stadioni hududida tashkil etilgan "Yashil bog‘"ni boshqa qulayroq joyga ko‘chirish bilan bog‘liq aholi murojaati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

Shundan so‘ng, Kengash raisi mahalladagi mavjud sport zali faoliyati va u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mashg‘ulotlar jarayonida yosh sportchilar bilan uchrashib, ularning yutuqlari va ehtiyojlari bilan qiziqdi.

Uchrashuv yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.