Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 104994
Gallery image 104995
Gallery image 104996
Gallery image 104997
Gallery image 104998
Gallery image 104999
Gallery image 105000
Gallery image 105001
Gallery image 105002
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
19 Mar 2026
16:47

Deputat tomonidan mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat D.Sherboyev tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov hamroxligida tumandagi “Nurli hayot” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor hokim yordamchisi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlardan doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda bandligini ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi. Bu borada bajarilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla hududida aholi xonadonlariga borilib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Bunda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan tinglandi. Yechimi talab etiladigan masalalarni hal qilish bo‘yicha choralar belgilab olindi.

Yakunda mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati davomidagi kamchiliklari yuzasidan deputat o‘zining tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.