Barcha yangiliklar
Xalq dеputatlari Quva tumani kеngashining 63-sеssiyasi bo'lib o'tdi
Gallery image 10743
Gallery image 10744
Gallery image 10745
Gallery image 10746
Gallery image 10747
Gallery image 10748
Gallery image 10749
Gallery image 10750
Gallery image 10751
Gallery image 10752
Gallery image 10753
Gallery image 10754
Gallery image 10755
Gallery image 10756
Gallery image 10757
Gallery image 10758
Gallery image 10759
USMONOV SHAVKATJON SOBIROVICH
17 May 2024
09:41

Xalq dеputatlari Quva tumani kеngashining 63-sеssiyasi bo'lib o'tdi

Xalq dеputatlari Quva tumani kеngashining 63-sеssiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiya ishida tumanni ishsizlik va korrupsiyadan holi hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektor rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash boʻyicha 2024 yilning I choragida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Quva tumani hokimi X.Umarov hamda sektor rahbarlarining hisobotlari eshitildi. 

Har bir sektor rahbarining joriy yil yakuniga qadar aholi bandligini taʼminlash boʻyicha dasturlari taqdimot qilindi.

Shuningdek, tanqidiy ruhda oʻtkazilgan ushbu yigʻilishda tumandagi kommunal soha (elektr taʼminoti, gaz, ichimlik suvi, yoʻl) tashkilotlari rahbarlarining ham hisobotlari eshitilib, aholi muammolari bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda ular tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrsatib oʻtildi.

Sessiya yigʻilishida elektr, gaz, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash va tuproq yoʻllarni shagʻallashtirish yuzasidan ushbu tashkilotlarning joriy yil yakuniga qadar har bir mahalla kesimida reja-jadvallari muhokama qilindi va tasdiqlandi.

Yigʻilishga yuqoridagi sohalar boʻyicha eng koʻp murojaat qilgan fuqarolar taklif etilib, ularga mahallalarida amalga oshiriladigan ishlarning reja-jadvallari tushuntirildi.