Barcha yangiliklar
Navro‘z shukuhi – ijod va e’tirof uyg‘unligi
Gallery image 104946
Gallery image 104947
Gallery image 104948
Gallery image 104949
Gallery image 104950
Gallery image 104951
Gallery image 104952
Gallery image 104953
Gallery image 104954
Gallery image 104955
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
19 Mar 2026
16:38

Navro‘z shukuhi – ijod va e’tirof uyg‘unligi

🔹Yangilanish, yasharish va mehr-oqibat ayyomi bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ko‘tarinki ruhda keng nishonlandi.

🔹Mazkur bayram tadbirida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri, shahar Kengashi deputati A.Ermatov hamda Marg‘ilon shahar Axborot-kutubxona markazi rahbari, shahar Kengashi deputati A.Mahkamov ishtirok etib, yoshlar bilan bayram quvonchini baham ko‘rdilar.

🔹“Navro‘z – birlik, do‘stlik va mehr-oqibat timsoli!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir doirasida 3-chorak yakunlariga bag‘ishlangan “Parvoz-2026” taqdirlash marosimi ham tashkil etildi.

🔹Bayram davomida o‘quvchilar tomonidan milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va xalq o‘yinlari namoyish etilib, tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Shuningdek, ijod maktabi rahbariyati tashabbusi bilan faoliyat yuritayotgan “Maktab parlamenti”ning faol a’zolariga guvohnomalar topshirildi.

🔹Mazkur tadbir nafaqat Navro‘z bayramining mazmun-mohiyatini yana bir bor namoyon etdi, balki yosh avlodni rag‘batlantirish, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.