Barcha yangiliklar
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashdilar.
Gallery image 104848
Gallery image 104849
Gallery image 104850
Gallery image 104851
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
16 Mar 2026
16:07

Deputatlar saylovchilar bilan uchrashdilar.

 Deputatlar saylovchilar bilan uchrashdilar. 

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati M.Sayfitdinova
hamda Xalq deputatlari Quva tuman Kengashiga “15-M.Xasanov” saylov okrugidan saylangan
deputat B.Sharipovlar Madaniyat mahalla fuqarolar yig‘inida o‘z saylovchilari bilan
navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdilar. Uchrashuvda tuman tashkilotlari vakillari ham
ishtirok etdilar. 

Uchrashuv davomida deputatlar asosiy e’tiborni aholi muammolarini
tinglash va o‘rganishga qaratdilar. Aholi tomonidan berilgan savollarga atroflicha
javoblar berdilar. Mahalla aholisining asosiy muammolaridan bo‘lgan aholi xonadonlaridan
maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish masalasi uchrashuv joyida ijobiy
hal etildi, elektr ta’minotidagi mavjud muammolarni esa “Infratuzilma va ijtimoiy
barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish yo‘li bilan hal etishga kelishib olindi.