Barcha yangiliklar
Raqamli kelajak sari qadam: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
Gallery image 104826
Gallery image 104827
Gallery image 104828
Gallery image 104829
Gallery image 104830
Gallery image 104831
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
12 Mar 2026
16:04

Raqamli kelajak sari qadam: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar

 Raqamli kelajak sari qadam: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Xalimjon
Umarov tuman Kengashi deputatlari xamroxligida tumandagi 1-son texnikumda bo‘lib,
u yerda faoliyat yuritayotgan IT markazi faoliyati bilan tanishdi.  

 Tashrif davomida markazda
yoshlar bilan uchrashib, ularga mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
isloxotlar, yoshlarning ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar,
mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar, ularni qiziqtirgan
savollariga javoblar berdi. 

Shuningdek deputatlar markazda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar,
o‘quv jarayonlari hamda axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni
ko‘zdan kechirdilar.  

Tuman hokimi tomonidan yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida
bilim olishi, raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishi va kelgusida zamonaviy kasb
egalari bo‘lib yetishishlari uchun bunday markazlarning ahamiyati katta ekanini
ta’kidlandi.