Barcha yangiliklar
#96_qonun PEDAGOG MAQOMI — YUKSAK EʼTIROF VA HIMOYA OSTIDA
Gallery image 104741
Gallery image 104742
Gallery image 104743
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
19 Mar 2026
14:41

#96_qonun PEDAGOG MAQOMI — YUKSAK EʼTIROF VA HIMOYA OSTIDA

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Muradova tumandagi Buloqboshi mahallasida joylashgan 53-umumtaʼlim maktabida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Ushbu uchrashuvda deputat N.Muradova O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘RQ-901-sonli Qonuni qabul qilinishi taʼlim tizimida muhim qadam bo‘lganligi yuzasidan targ‘ibot qildi.

Ushbu Qonun bilan: pedagoglarning huquq va majburiyatlari, ularning kasbiy faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga munosib haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya tamoyillari aniq belgilab berilgan. 

Deputat tomonidan ushbu Qonun mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, ayniqsa pedagoglar orasida tushuntirish ishlari izchil davom etmoqda.