Barcha yangiliklar
Navoiy shahridagi liftlar holati o‘rganildi
Gallery image 104657
Gallery image 104658
Gallery image 104659
Gallery image 104660
Gallery image 104661
Gallery image 104662
Gallery image 104663
Gallery image 104664
Gallery image 104665
Gallery image 104666
Gallery image 104667
Gallery image 104668
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
19 Mar 2026
13:21

Navoiy shahridagi liftlar holati o‘rganildi

Navoiy shahridagi liftlar holati o‘rganildi

Joriy yilning 18-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari J. Hafizov va G. Xasanova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari M. Astanova va D. Toyirovlar tomonidan Navoiy shahridagi ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy soha obyektlaridagi liftlarning texnik holati o‘rganildi. Mazkur o‘rganish ishlari aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratildi.O‘rganish jarayonida shaharning turli hududlaridagi liftlar ko‘zdan kechirilib, ularning ishlash holati, xavfsizlik talablari va texnik xizmat ko‘rsatish darajasi tahlil qilindi. Xususan, Ibn Sino ko‘chasidagi 22-, 24- va 26-uylar (yotoqxonalar), Lev Tolstoy ko‘chasida joylashgan 21- va 27-uylar, shuningdek, tibbiyot birlashmasi hamda Navoiy shahridagi ayrim kasalxonalardagi liftlar alohida o‘rganildi.Aniqlanishicha, mazkur manzillarda 2025-yilda yangi liftlar o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramay, ayrim texnik nosozliklar mavjud. Jumladan, liftlarning qavatlararo chaqiruv tugmalari ishlamayotgani kuzatildi. Bu esa fuqarolar uchun noqulaylik tug‘dirish bilan birga, kundalik foydalanishda muammolarni yuzaga keltirmoqda.Mazkur kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Deputatlar J. Hafizov va G. Xasanovalar muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish, liftlarning to‘liq va xavfsiz ishlashini ta’minlash zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish maqsadida muntazam texnik ko‘rik va nazorat ishlarini kuchaytirish lozimligi qayd etildi.O‘rganish yakunida aniqlangan muammolar deputat nazoratiga olinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi. Fuqarolarning murojaatlari asosida amalga oshirilayotgan bunday o‘rganishlar shahar infratuzilmasini rivojlantirish va aholining turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.