Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 104627
Gallery image 104628
Gallery image 104629
Gallery image 104630
Gallery image 104631
Gallery image 104632
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
19 Mar 2026
13:04

DEPUTAT NAZORATI

Mazkur qaror ijrosi doirasida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi tomonidan ham amaliy nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan, Kengash kotibiyati mudiri M. Xujanov tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan “CHEMPION SENDVICH SURXON” MChJ korxonasi faoliyati yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat jarayonida korxonada yaratilgan ish o‘rinlari, ishlab chiqarish hajmi, mahsulot sifati hamda faoliyatni yanada kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati