Barcha yangiliklar
Deputatlar tomonidan  bepul beriladigan dori vositalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 104578
Gallery image 104579
Gallery image 104580
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
19 Mar 2026
12:32

Deputatlar tomonidan bepul beriladigan dori vositalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova va Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Xusanovalar tomonidan Nurobod tumani sog’liqni saqlash bo‘limida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan taʼminlash holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bo'limda mavjud dori vositalari zaxirasi, ularning aholiga yetkazib berilishi, shuningdek, bemorlar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar atroflicha tahlil qilindi. Ayrim yo‘nalishlarda dori-darmon taʼminotini yana-da yaxshilash zarurligi qayd etildi. 

Shu bilan birga, tibbiyot muassasasi masʼullari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholini sifatli tibbiy xizmat hamda zarur dori vositalari bilan taʼminlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlar tomonidan bu kabi o‘rganish ishlari doimiy ravishda davom ettiriladi va aholi manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.