Barcha yangiliklar
Shodlik mahallasida fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
Gallery image 104514
Gallery image 104515
Gallery image 104516
Gallery image 104517
Gallery image 104518
ASHURBOYEV JAVLONBEK MUSTAFOQUL O‘G‘LI
19 Mar 2026
11:26

Shodlik mahallasida fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati J. Xolbayev tomonidan Shodlik mahallasida fuqarolar murojaati yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

 O‘rganish jarayonida mahalla raisi va hudud aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.

Aniqlanishicha, hududda bir qator dolzarb muammolar mavjud. Jumladan:

Bodomzor ko‘chasida ichki yo‘llarning holati qoniqarsiz ekani;

Bodomzor hamda Islom Karimov ko‘chalarida lotoklar bekilib qolganligi sababli suv oqimining yo‘llar va ayrim xonadonlar hududiga chiqib ketayotgani;

Ulug‘bek ko‘chasida daraxtlarning shox-shabbalari elektr uzatish tarmoqlariga tegib, chaqnash holatlari yuzaga kelayotgani aniqlandi.

 O‘rganish yakunida fuqarolar tomonidan kelib tushgan har bir murojaat natijasi bo‘yicha ta’sirchan deputatlik nazorati olib borilishini ta’kidlab o‘tildi.