Barcha yangiliklar
#nazorat
Gallery image 104473
Gallery image 104474
Gallery image 104475
Gallery image 104476
Gallery image 104477
Gallery image 104478
Gallery image 104479
Gallery image 104480
Gallery image 104481
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
17 Mar 2026
11:04

#nazorat

Bahoriy iliq kunlar boshlanishi bilan shahar aholisi, ayniqsa, bolajonlarning bo‘sh vaqti istirohat bog‘larida o‘tadi. Xo‘sh, Olmaliq shahridagi bog‘lar mavsumga qay darajada tayyor?

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Muhiddin Abdullayev, Sanjar Mamayusupov hamda Kengash kotibiyati mudiri Sevar Qodirova, bosh mutaxassis Mukarram Nematullayevalardan iborat ishchi guruh shahrimizdagi eng gavjum maskanlar — "Bolajon" istirohat bog‘i hamda "Delfin" akva bog‘ida o‘rganish ishlarini olib bordilar.

O'rganish jarayonida:

🔹Atraksionlar xavfsizligi: Bolajonlarning hayoti va sog‘lig‘i eng oliy qadriyat! Shu sababli, har bir qurilmaning texnik holati, ularning xavfsizlik talablariga muvofiqligi birma-bir ko‘zdan kechirildi.

🔹"Yashil makon" nafasi: Bog‘lardagi daraxtlarning holati, ularga ko‘rsatilayotgan agrotexnik ishlovlar hamda yangi ekilgan ko‘chatlarning ko‘karish darajasi o‘rganildi. Maqsad — bog‘ni faqat o‘yingoh emas, balki "shahar o‘pkasi"ga aylantirish.

🔹Aholi uchun qulayliklar: Dam oluvchilar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqlar (skameykalar), yoritish tizimlari va sanitariya-gigiyena shoxobchalarining holati tahlil qilindi.

⚠️ Kamchiliklar va topshiriqlar

O‘rganish davomida aniqlangan ba’zi nosozliklar va eskirgan o‘rindiqlarni yangilash bo‘yicha bog‘ ma’muriyatiga qat’iy ko‘rsatmalar berildi.