Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 104397
Gallery image 104398
Gallery image 104399
Gallery image 104400
Gallery image 104401
Gallery image 104402
Gallery image 104403
Gallery image 104404
Gallery image 104405
Gallery image 104406
Gallery image 104407
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
19 Mar 2026
10:24

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘rganish jarayonida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari monitoring qilinib, ularning barqarorligi, narxlarning asossiz oshirilish holatlari, savdo qoidalariga rioya etilishi hamda mahsulotlar sifati alohida e’tiborga olindi. Shuningdek, sotuvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, aholiga qulay sharoit yaratish, narx-navo barqarorligini ta’minlash va sun’iy narx oshishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Aniqlangan ayrim kamchiliklar bo‘yicha Boyovut tumani "Dehqon bozori" MCHJ mas'ullariga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

Mazkur o‘rganishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, bozorlar va savdo shoxobchalarida narxlar asossiz oshishining oldini olish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.