Barcha yangiliklar
Paxtani qayta ishlash korxonasini kengaytirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 104375
Gallery image 104376
Gallery image 104377
Gallery image 104378
Gallery image 104379
Gallery image 104380
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
18 Mar 2026
10:19

Paxtani qayta ishlash korxonasini kengaytirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 12-Sharq yulduzi saylov okrugidan saylangan deputat M.Isroilova tomonidan “Sharq yulduzi” mahallasi hududida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Milliy oq oltin agro” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan paxtani qayta ishlash korxonasini kengaytirish bo‘yicha qurilish ishlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish ishlari, ularning borishi, sifat darajasi hamda belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur loyihaning amalga oshirilishi hududda sanoat salohiyatini oshirish, paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash hajmini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.