Barcha yangiliklar
KENGASH QARORI IJROSI BAJARILDI
Gallery image 104351
Gallery image 104352
Gallery image 104353
Gallery image 104354
Gallery image 104355
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
18 Mar 2026
10:13

KENGASH QARORI IJROSI BAJARILDI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 10-Mustaqillik saylov okrugi deputati G.Xudoyarova tomonidan Kengash qarorlari ijrosi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-son qaroriga muvofiq, Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-23-38-3-49-K/26-sonli qarori ijrosi ta'minlandi.
Mazkur qaror asosida tuman mahalliy byudjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 10,2 mln so‘m mablag‘ ajratilib, tuman hokimligi binosiga kirish qismiga FaceID kamera o'rnatilib, mablag‘lardan maqsadli foydalanish ta’minlandi.
Ushbu qurilma binoga kirish-chiqish jarayonlarini nazorat qilish, shaxslarni aniqlash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida foydalaniladi.