Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 104285
Gallery image 104286
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
19 Mar 2026
09:33

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Deputat va mahalla hamkorligi yuzasidan uchrashuv

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 14-Yoshlik-Nurtepa saylov okrugi deputati N.Himmatova tomonidan “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar, jumladan aholi bandligini ta’minlash, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, hududni obodonlashtirish, xotin-qizlar muammolari hamda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari o‘rtasida vazifalar taqsimlanib, bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.