Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining “Yoshlar siyosati, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 104215
Gallery image 104216
Gallery image 104217
Gallery image 104218
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
18 Mar 2026
21:13

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining “Yoshlar siyosati, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raisi A.Mahkamov hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi:
🔹 Viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-avgustdagi “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 437-son qarori ijrosi yuzasidan viloyat “Oqila ayollar” harakati a’zosi Sh. Oxunovaning axboroti eshitildi;
🔹 “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha (Bolalar ombudsmani) mintaqaviy vakili D. Kasimovaning axboroti tinglandi.
🔹 Shuningdek, yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyalarida muhokama qilish belgilandi.
Mazkur yig‘ilish hududda yoshlar siyosati, xotin-qizlar faolligini oshirish, shuningdek bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.