Barcha yangiliklar
Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 103995
Gallery image 103996
Gallery image 103997
Gallery image 103998
Gallery image 103999
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
18 Mar 2026
16:08

Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlarining o‘rganishlari (https://t.me/bust_kengash/6537) va bilrdirilgan takliflari asosida Kengashning tegishli qarori (https://kengash.gov.uz/doc/210704) bilan “S.Xondayliqiy” mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punktini ta’mirlash uchun tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan mablag‘ ajratib berilgan.

Bugungi kunda mazkur sog‘liqni saqlash obyekti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati B. Azmetov hamda kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasi faoliyatini vaqtinchalik davom ettirib turish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Oilaviy shifokorlik punkti bo‘yicha ta’mirlash ishlari belgilangan muddatlarda yakunlanib, foydalanishga topshirish ustidan deputatlik nazorati o‘rnatilgan.