Barcha yangiliklar
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
Gallery image 103925
Gallery image 103926
Gallery image 103927
Gallery image 103928
Gallery image 103929
Gallery image 103930
Gallery image 103931
Gallery image 103932
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
17 Mar 2026
00:00

Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda

G‘ozg‘on shahar hokimi, Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati N.Jo‘rayev hamda tegishli mas’ullar Tumar MFY hududida barpo etilayotgan “Yangi Dehqon” dehqon bozorining qurilish jarayonini joyiga chiqib o‘rganishdi.

Tashrif davomida qurilish ishlari holati, loyiha talablari asosida olib borilayotgan jarayonlar hamda infratuzilma masalalari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas’ullar bilan joyida muzokaralar o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar sifatini yanada oshirish va bozorni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Mazkur bozor aholiga qulaylik yaratish, savdo jarayonlarini tartibli tashkil etish hamda shahar infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Qurilish jarayoni doimiy nazorat ostida olib borilishi belgilandi.