Barcha yangiliklar













RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
18 Mar 2026
15:36
DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI
Shu maqsadda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Narmuratov Abdunazar Juraevich tomonidan tumandagi “To‘xtamish” mahallasida ichki ko‘cha yo‘llarining holati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputat hamda mahalla aholisining tashabbusi bilan amaliy choralar ko‘rildi. Xususan, hududdagi ichki ko‘chalarda tosh yotqizish ishlari tashkil etilib, yo‘llarning holati yaxshilandi.
Mazkur ishlar aholi uchun qulaylik yaratish, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.