Barcha yangiliklar





TO‘XTAMISHOV SHAROFJON AKRAMJONOVICH
18 Mar 2026
14:47
DEPUTAT O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORDI
Xalq deputati Paxtakor tuman Kengashi deputati Dilchexra Ergasheva maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, O‘zbekiston Respublikasining Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi holatini atroflicha o‘rgandi.
Uchrashuv davomida yoshlar ta’limi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, yoshlar uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Bunday amaliy nazorat tadbirlari yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va kelajakda faol fuqarolar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.