Barcha yangiliklar
Huquqiy axborot to‘g‘risidagi qonun targ‘ib qilindi
Gallery image 103810
Gallery image 103811
Gallery image 103812
Gallery image 103813
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
18 Mar 2026
14:43

Huquqiy axborot to‘g‘risidagi qonun targ‘ib qilindi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Samatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-443-son Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir Nurobod tumani Sarikul mahallasida tashkil etildi. Unda qonunning asosiy maqsadi – aholiga huquqiy axborotni yetkazish tizimini takomillashtirish, fuqarolarning qonun hujjatlaridan xabardorligini oshirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar bilan muloqot o‘tkazilib, huquqiy axborot manbalari, xususan qonun hujjatlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda ularning amaliy ahamiyati haqida fikr almashildi.