Barcha yangiliklar
Ayollar daftari yuzasidan o‘rganish olib borildi
Gallery image 103805
Gallery image 103806
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
18 Mar 2026
14:43

Ayollar daftari yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Nurmamatova tomonidan Nayman MFY xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi. Ushbu o‘rganish davomida mahallada ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. 

 Deputat tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishildi. Daftarga kiritilgan xotin-qizlar ijtimoiy ahvoli, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va muammosini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahalla mutasaddilarining axboroti eshitildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini tizimli hal etish va manzilli yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar yanada samarali tashkil etilishi lozimligi ta’kidlandi. 

Deputat tomonidan mazkur masala yuzasidan berilgan taklif va tavsiyalar kelgusidagi ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.