Barcha yangiliklar
#deputatlik_faoliyati #yoshlar_uchrashuvi #ochiq_muloqot  Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan “Yoshlar maqsadi va g‘oyalarini himoya qilishda jamoatchilik vazifalari” mavzusida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Gallery image 103658
Gallery image 103659
Gallery image 103660
Gallery image 103661
Gallery image 103662
Gallery image 103663
Gallery image 103664
SODIQJONOV DAVRONBEK MUXSINJON O‘G‘LI
18 Mar 2026
13:52

#deputatlik_faoliyati #yoshlar_uchrashuvi #ochiq_muloqot Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan “Yoshlar maqsadi va g‘oyalarini himoya qilishda jamoatchilik vazifalari” mavzusida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.

#deputatlik_faoliyati #yoshlar_uchrashuvi #ochiq_muloqot

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan “Yoshlar maqsadi va g‘oyalarini himoya qilishda jamoatchilik vazifalari” mavzusida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, aniq maqsad bilan yashashi hamda jamiyatda faol fuqaro sifatida shakllanishi kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim, tadbirkorlik va innovatsion sohalarda berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Deputat tomonidan yoshlarni o‘z ustida ishlashga, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga, xorijiy tillarni o‘rganishga hamda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishga undovchi amaliy tavsiyalar bildirildi. Ayniqsa, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda jamoatchilikning o‘rni muhim ekani ta’kidlandi.

Tadbir jonli muloqot tarzida o‘tib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, kelajakdagi reja va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv yoshlar qalbida yangi g‘oyalar va katta ishonch uyg‘otdi.

📌 Bunday uchrashuvlar yoshlarni yanada faollikka chorlab, ularni Vatan ravnaqi yo‘lida mas’uliyatli va tashabbuskor etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.