Barcha yangiliklar
#deputatlik_faoliyati #volontyorlar #ochiq_muloqot  Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida volontyorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Gallery image 103638
Gallery image 103639
Gallery image 103640
Gallery image 103641
Gallery image 103642
Gallery image 103643
Gallery image 103644
Gallery image 103645
SODIQJONOV DAVRONBEK MUXSINJON O‘G‘LI
16 Mar 2026
13:51

#deputatlik_faoliyati #volontyorlar #ochiq_muloqot Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida volontyorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

#deputatlik_faoliyati #volontyorlar #ochiq_muloqot

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida volontyorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 

🌟 Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida volontyorlik harakatini rivojlantirish hamda yoshlarni ijtimoiy jarayonlarga keng jalb etish maqsadida volontyorlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon viloyat hokimining volontyorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Dadajonov hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Q.Raxmonovlar ishtirok etdi.

Muloqot davomida institutda amalga oshirilayotgan volontyorlik faoliyati, ijtimoiy, ekologik, sport, media va xayriya yo‘nalishidagi loyihalar muhokama qilindi. Shuningdek, volontyorlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.