Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Shuhrat Ergashev “Istiqlol” MFYda oʼrganish tadbirlarini olib bordi.
Gallery image 103615
Gallery image 103616
Gallery image 103617
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
18 Mar 2026
13:49

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Shuhrat Ergashev “Istiqlol” MFYda oʼrganish tadbirlarini olib bordi.

Mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan birgalikda mahallada fuqarolar bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash hamda mavjud muammolar yuzasidan bildirilgan murojaatlarni ijobiy hal qilish borasidagi ishlar holati tahlil qilindi. Shuningdek, deputat tomonidan muammosi mavjud fuqarolar bilan muloqot oʻtkazildi. Oʻtkazilgan muloqotda bildirilgan obodonlashtirish, elektr energiya, tadbirkorlik faoliyatidagi mavjud muammolar borasidagi 3 ta murojaat deputatlik nazoratiga olindi, ularning ijrosi boʻyicha tegishli tashkilotlarga chiqilishi belgilab olindi.