Barcha yangiliklar



SOLIYEVA GULRUH SANOYEVNA
18 Mar 2026
13:20
Tibbiy xizmat sifatini oshirish masalasi nazoratda.
Aholiga sifatli va o’z vaqtida tibbiy yordam ko’rsatishni ta’minlash maqsadida tibbiy xizmat sifatini oshirish masalasi 11-Toshrabot saylov okrugi deputati M.Umurova doimiy nazoratga olgan.
Bu borada tibbiyot muassasalari faoliyati, ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati, tibbiy jihozlar va dori-darmonlar ta’minoti hamda mutaxassislar malakasi atroflicha o’rganildi.
Shuningdek, bemorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, xizmat ko’rsatish madaniyatini yuksaltirish va aholi murojaatlariga tezkorlik bilan javob qaytarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.