Barcha yangiliklar









JUMANIYAZOV RAVSHANBEK RAXIMBERGAN O‘G‘LI
18 Mar 2026
12:44
URGANCH SHAHRIDAGI 14-SON SHIMOLIY G’ARBIY QOZONXONASI VA ISSIQLIK TARMOQLARI REKONSTRUKSIYASI O’RGANILDI
Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati R. Baltayev tomonidan joriy yilning 17-mart kuni Urganch shahridagi 14-son Shimoliy G’arbiy qozonxonasi va issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish hamda energiya tejovchi uskunalarni o’rnatish bo’yicha davlat dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o’rganildi.
Joyiga chiqilganda:
- Yangi tipdagi zamonaviy qozonxona qurilishini;
- Eskirgan issiqlik trassalarini to’liq almashtirish;
- Ko’p qavatli uylar uchun yer osti issiqlik tarmoqlarini o’tkazish;
- Past kuchlanishda ishlovchi nasoslarni energiya tejovchi uskunalarga almashtirish bo'yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishildi.