Barcha yangiliklar
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi
Gallery image 103415
Gallery image 103416
Gallery image 103417
Gallery image 103418
Gallery image 103419
Gallery image 103420
Gallery image 103421
Gallery image 103422
Gallery image 103423
Gallery image 103424
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
18 Mar 2026
12:48

Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi va Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida “Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur tadbirda viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari shuningdek ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlashga mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar.

Seminar davomida mahalliy Kengashlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda keng va sifatli yoritish, aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, axborotlarni tezkor, ishonchli va xolis tarzda yetkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.