Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 103351
Gallery image 103352
Gallery image 103353
Gallery image 103354
Gallery image 103355
Gallery image 103356
Gallery image 103357
XUDAYBERDIYEVA MOXIDIL NORBOYEVNA
18 Mar 2026
11:45

DEPUTAT NAZORATI

 DEPUTAT NAZORATI 

Joriy yilning 18-mart kuni xalq deputatlari shahar Kengashiga 10-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat E.Davlatov va shahar Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi R.To‘rayevalar tomonidan shahar davlat xizmatlari markazi hamda fuqarolar holati dalolatnomasini qayd etish organi tomonidan fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi. O‘rganish davomida shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan 2026-yilning 18-mart holatiga fuqarolarga 8719 ta davlat xizmati ko‘rsatilganligi, 68 nafar yuridik shaxs, 161 nafar yakka tartibdagi
tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi aniqlandi.
Shuningdek, fuqarolar holati dalolatnomasini qayd
etish organi tomonidan fuqarolarga 47 nikoh hamda 64 ta o‘lim guvohnomalari berilganligi, nikohdan o‘tish bo‘yicha 101 ta ariza qabul qilinganligi, 26 ta ajrim bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilganligi, otaliqni belgilash bo‘yicha 7 ta, yolg‘iz onani belgilash bo‘yicha 3 ta murojaat kelib tushganligi, 184 ta fuqaroga online xizmat ko‘rsatilganligi aniqlandi.
Deputat tomonidan fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.