Barcha yangiliklar
BOZORLAR NAZORATDA: DEPUTATLAR AHOLI MANFAATI YO‘LIDA
Gallery image 103321
Gallery image 103322
Gallery image 103323
Gallery image 103324
Gallery image 103325
Gallery image 103326
Gallery image 103327
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
18 Mar 2026
11:38

BOZORLAR NAZORATDA: DEPUTATLAR AHOLI MANFAATI YO‘LIDA

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengash deputatlari S.Ulug‘murodov hamda K.Mamanova tomonidan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida bozorlarda keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.

Deputatlar e’tiborni, avvalo, aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosiga qaratdi. Bozorlardagi narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholi uchun maqbul va barqaror narxlarni ta’minlash masalasi muhim yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, bozorlardagi sanitariya holati alohida o'rganildi. 

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Deputatlar tomonidan olib borilayotgan bunday amaliy nazorat tadbirlari aholining manfaatini himoya qilish, ularning turmush sifatini yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamdir.