Barcha yangiliklar
**Deputat hududdagi kommunal muammolarni o‘rgandi**
Gallery image 103302
Gallery image 103303
Gallery image 103304
Gallery image 103305
Gallery image 103306
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
18 Mar 2026
11:35

**Deputat hududdagi kommunal muammolarni o‘rgandi**

O‘rganish jarayonida, xususan, aholi xonadonlarini issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash hamda tabiiy gaz bilan bog‘liq muammolar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularning kelib chiqish sabablari o‘rganildi.

Deputat tomonidan aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Ayrim masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.