Barcha yangiliklar
Chinoz tumani.Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi
Gallery image 103255
Gallery image 103253
Gallery image 103254
Gallery image 103256
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
28 Fev 2026
11:19

Chinoz tumani.Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi

O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘inida ro‘yxatga olingan 19 ta kam ta’minlangan oila qayta ko‘rib chiqilib, ularga 12 nafar rahbar xodim biriktirilganligi hamda har bir oila bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanganligi aniqlandi.

Hozirgi kunga qadar “Afğon” mahallasidagi 9 ta oila kambag‘allikdan chiqarildi. Qolgan 28 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish, ularni doimiy ish o‘rinlari va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur sa’y-harakatlar aholining turmush darajasini yaxshilash va mahallada barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlashga xizmat qilmoqda.