Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 103220
Gallery image 103221
Gallery image 103222
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
18 Mar 2026
10:50

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Deputat va mahalla hamkorligi yuzasidan uchrashuv

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 18-Cho‘yinchi-Qishloqbozor saylov okrugi deputati B.Toshpo‘latov tomonidan “Qishloqbozor” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar, jumladan aholi bandligini ta’minlash, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, mahallani obodonlashtirish, ayollar muammolari hamda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolariga vazifalar taqsimlanib, bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.