Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 103189
Gallery image 103190
Gallery image 103191
Gallery image 103192
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
21 Fev 2026
10:20

CHINOZ TUMANI. DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Surayyo Axmedova tomonidan tumandagi Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.

📝O‘rganish jarayonida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, navbat tizimi, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarining shaffofligi hamda aholiga yaratilgan qulayliklar tahlil qilindi. 

 ✅Shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va tashkiliy masalalar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✨Mazkur o‘rganish ishlari aholiga davlat xizmatlarini tezkor, sifatli va shaffof tarzda ko‘rsatishni ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.