Barcha yangiliklar
Chinoz tumani. KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 103181
Gallery image 103182
Gallery image 103183
Gallery image 103184
Gallery image 103185
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
21 Fev 2026
10:16

Chinoz tumani. KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI

O‘rganish jarayonida mazkur hududlarning sanitariya-gigiyena talablari asosidagi holati, tozaligi, texnik jihatdan saqlanish darajasi hamda aholi uchun xavfsizlik sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichki yo‘laklar va yerto‘lalarda tartib-intizomni mustahkamlash, doimiy nazoratni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud infratuzilmani yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari ko‘p qavatli uy-joylarda qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etadi.